TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Mevalarni eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan Rossiya ulgurji savdo kompaniyasi "AyBaRus" Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Hozirgi kunda "AyBaRus" va yana 4 ta Rossiya kompaniyalari Toshkentga kelishgan. Ular WorldFood Uzbekistan koʻrgazmasida Rossiya ekspozitsiyasini tanishtirishmoqda. Stend tashkilotchisi Rossiyaning xalqaro iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoni rivojlantirish Kengashi boʻldi.
"Rossiya stendida 5 ta kompaniya havola etilgan. Ular yogʻ-moy, sous, ketchup, tez pishadigan oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek meva va savzavotlarni eksport-import operatsiyalari bilan shugʻullanishadi. Rossiyaning jamoaviy stendi ilk bor bunday koʻrgazmada ishtirok etmoqda", — deb javob berdi Sputnik muxbiriga kengash vakili Yelizaveta Litvin.
Uning soʻzlariga koʻra, 3 kunlik koʻrgazmada oʻzbek sheriklar bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. "AyBaRus" kompaniyasi Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni xarid qilish, shuningdek Tailanddan Oʻzbekistonga ekzotik mevalar — mango, avokado, kivi va boshqa mevalarni yetkazish masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan.
"Har bir kompaniya qiziq mahsulotlarni taklif qilmoqda, aminmanki, koʻrgazma yakuni boʻyicha shartnomalar imzolanadi. Biz oʻz tomonimizdan Oʻzbekiston bilan ishlarni jadallashtirmoqchimiz. Chunki bu bozorda Rossiya kompaniyalarda katta qiziqish borligini koʻrmoqdamiz. Hozir shu yilda bir necha biznes-missiyalarni tashkil qilishni koʻrib chiqmoqdamiz. Ular ichida nafaqat Rossiya kompaniyalariga, balki xorijiy kompaniyalarga ham koʻzda tutilgan", — dedi Yelizaveta Litvin.
Umuman, suhbatdoshning fikricha, bugungi kunda kengash Oʻzbekiston bilan hamkorlikni qilish boʻyicha barcha imkoniyatlarni koʻrib chiqmoqda. Rejalarda, masalan, respublikada tibbiyot koʻrgazmasiga Rossiya kompaniyalarini olib kelish, tarmoq vazirlik va idoralar aloqalarni yaxshilash koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yil koʻrgazmada 26 davlatdan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishmoqda. Ular ichida Avstriya, Belarus, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Xitoy, Gollandiya, BAA, Koreya, Rossiya, Slovakiya, Sloveniya, AQSH, Turkiya, Ukraina, Frantsiya va boshqalar.
Kirov viloyati eksportni qoʻllab-quvvatlash markazi, Oltoy eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muvofiqlashtirish markazi, Smolensk ishlab chiqaruvchilar uyushmasi hamda Belarus korxonalari kollektiv stendi birinchi marta namoyish etildi.