Jamiyat

Stavropol oʻlkasidagi YTHda toʻrt nafar oʻzbekistonlik qurbon boʻldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vaz 2101 avtomobili boshqaruvni yoʻqotish natijasida yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib yuk mashinasiga borib urilgan.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Stavropol viloyatida sodir boʻlgan YTHda toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarolari qurbon boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston FVV axborot xizmati.  

Vazirlik xabariga koʻra, 2018 yilning 4 aprel kuni soat 18:39 da Rossiya Federatsiyasi, Izobil shahar okrugining “Stavropol-Novoaleksandrovsk” avtomobil yoʻlida “VAZ-2101” rusumli yengil avtomobil “Isuzu» rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashib ketgan.

YTH oqibatida 4 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vafot yetgan. VFF ularning roʻyxatini keltirmoqda:

1.Jumaqulov Shuhrat, 1983 y.t.

2.Tagayev Mirjalol, 1991 y.t.

3.Qarshiyev Muhritdin, 1995 y.t.

4.Yunusov Bahrom, 1988 y.t.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, vafot yetgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan. Ayni damda ularning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.

Ushbu maʼlumotlar Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar milliy markazi tomonidan tasdiqlangan.

Quoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston FVV tomonidan ochilgan “koll-tsentr”ga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin: + 998 71 147-1050.  

Yangiliklar lentasi
0