Jamiyat

Turobjon Joʻrayev prezident vaʼdasini bajardi: qidiruvda boʻlgan ikki fuqaro kechirildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bir necha yillardan buyon qidiruvda boʻlgan aka-uka Asliddin va Xurshid Ergashevlar oʻz ixtiyori bilan Oʻzbekistonga qaytgani uchun ularga nisbatan qamoq chorasi qoʻllanilmadi.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Samarqand viloyatida qidiruvda boʻlgan ikki fuqaro kechirildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot-xizmati.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Joʻrayev Diana Yenikeyeva bilan bogʻliq hodisaga izoh berdi

Yaqinda boʻlib oʻtgan maxsus qidiruvdagi fuqarolar va ularning yaqin qarindoshlari bilan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan yigʻilishda viloyat hokimi Turobjon Joʻrayev "Ularga ayting, qaytishsin, viloyat hokimi sifatida vaʼda beraman, hech birini qamamaymiz. Prezidentimizning topshirigʻi bu. Ularni toʻgʻri yoʻlga solamiz, ish bilan taʼminlaymiz, uyi boʻlmasa, bu borada ham yordam beramiz" deya qidiruvda yurgan adashganlarning yaqinlariga murojaat etgan edi.

Taʼkidlanishicha, yigʻilishda 64 yoshli ona, urgutlik Muhayyo Xodiyeva bir emas, uch oʻgʻli chetda yurganini, ularning yosh bolalari borligini aytib, farzandlarini qaytarish borasida yordam soʻragan.

Oradan hech qancha vaqt oʻtmay farzandlar qaytarilgan. "Bir necha yillardan buyon qidiruvda boʻlgan aka-uka Asliddin va Xurshid Ergashevlar oʻz ixtiyori bilan yurtimizga qaytgani uchun ularga nisbatan qamoq chorasi qoʻllanilmadi", — deyiladi xabarda.

"Nevaralarim ham otalari mehriga zor edi. Oʻgʻillarim mehnatkash. Endi ular bu ishonchni halol mehnati, Vatanga sadoqati bilan oqlashiga men kafilman. Bizga shunday imkoniyatni bergan Prezidentimizga ming rahmat!", — deb aytgan ona.

"Toʻgʻri yoʻldan adashib, ancha vaqtni Vatanimiz, oilamiz bagʻridan yiroqda oʻtkazdik, — deydi A.Ergashev. — Bizga toʻgʻri hayot kechirish uchun qayta imkon berilganidan mamnunmiz. Bundan toʻgʻri xulosa chiqarib, kelgusida halol mehnat qilib, oilamiz bagʻrida hayot kechiramiz. Buning uchun Prezidentimizdan, bizni qaytishimizga koʻmak bergan insonlardan minnatdormiz".

Muhimi, adashganlar kech boʻlsada, non-tuz bergan zaminga, yaqinlariga xiyonat qilish jirkanch gunoh ekanligini tushunib yetdi. Berilgan imkondan foydalanish ularning hayotdagi eng toʻgʻri tanlovi boʻldi. Bu esa yurtimizda insonparvarlik tamoyili amalda ekanligini, bu Vatan bosh egib kelgan farzandining koʻkragidan itarmay, toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, bagʻriga olishini yana bir bor namoyon etdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0