Andijonda lazerli nur tarqatgichlar to‘xtatib qolindi

© customs.uzLazernaya ukazka
Lazernaya ukazka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxonachilar tomonidan qiymati 2 million so‘mdan ortiq bo‘lgan jami 408 dona lazerli nur tarqatuvchi mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Bojxonachilar Andijon viloyati "Do‘stlik" chegara bojxona kompleksidan o‘tayotgan fuqaro qo‘l yuklarida 408 dona lazerli nur tarqatuvchi mahsulotlar borligi aniqlashdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot-xizmati xizmati. 

Xabarda aytilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi "Do‘stlik" chegara bojxona kompleksiga Qirg‘izistondan kirib kelgan fuqaro, 1988-yilda tug‘ilgan M.I.ning qo‘l yuklari rentgen apparati yordamida ko‘zdan kechirilganda qiymati 2 million so‘mdan ortiq, xorijda ishlab chiqarilgan jami 408 dona lazerli nur tarqatuvchi mahsulotlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuni ta’kidlash joizki, amaldagi tartiblarga asosan O‘zbekistonda havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash va lazerli nur tarqatgichlarni noqonuniy ishlatishning oldini olish maqsadida bu kabi mahsulotlarni chetdan olib kirish va sotish taqiqlangan.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan traktor va yuk mashinalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qo‘llaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qo‘llanishning belgilangan tartibini buzgan holda respublikaning bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, — fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining 100 baravaridan 200 yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0