O‘zbekiston va Rossiya Markaziy Osiyo xavfsizligi masalasini muhokama qildi

© SkrinshotV RISI obsudili bezopasnost Sentralnoy Azii
V RISI obsudili bezopasnost Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti va Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi

TOShKENT, 6 apr – Sputnik. Rossiya strategik tadqiqotlar institutida "Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligining aktual muammolari va ularni hal etish strategiyasi — Rossiya va O‘zbekiston yondashuvlari" mavzuyida Rossiya—O‘zbekiston ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi institut matbuot xizmati.

Yevgeniy Sisoyev - Sputnik O‘zbekiston
Sisoyev: Afg‘oniston tinchligi – ShHT xavfsizligi garovi

Unda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi B. Ashrafxonov, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V. Norov, mazkur institut ekspertlari, Fanlar akademiyasi tarix instituti, prezident devoni va tashqi ishlar vazirligi xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida tomonlar Rossiya—O‘zbekiston munosabatlarining dolzarb masalalari, Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi, Afg‘onistondagi vaziyat va uning mintaqaviy holat rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha fikr almashdi.

Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat o‘zgarishi barobarida mintaqaviy xavfsizlik masalalarining rivojlanishi tahlil qilindi hamda yetakchi yo‘nalish va ularning yechimi belgilab olindi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha Rossiya strategik tadqiqotlar instituti va Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0