Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi domami, postroyennim v Yashnabadskom rayone
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi domami, postroyennim v Yashnabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yerda prezidentning "2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda

TOShKENT, 6 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani "Olmos" mahalla fuqarolar yig‘inida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bu yerda prezidentning "2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.

Ushbu turar joylar 1 440 xonadondan iborat bo‘lib, Vatan himoyachilariga topshiriladi. O‘ziga xos harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etiladi.

Davlat rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Prezident shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Yangiliklar lentasi
0