"Qamchiq" dovoni orqali yuk tashuvchi mashinalarga nisbatan taqiq sharti o‘zgardi

© Sputnik / StringerPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Foydalanish muddati 15-yil va undan ortiq bo‘lgan yuk avtotransport vositalari uchun "Qamchiq" dovoni orqali yuklarni tashish 2016-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlangan edi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. "Qamchiq" dovoni orqali yuk tashish ishlab chiqarilgan paytidan 20-yil o‘tgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillar uchun taqiqlandi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Telegram kanali.

Bu borada "Qamchiq" dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Xabarda aytilishicha, bungacha hukumatning 2012-yil 10-iyuldagi qaroriga asosan, foydalanish muddati 15-yil va undan ortiq bo‘lgan yuk avtotransport vositalari uchun "Qamchiq" dovoni orqali yuklarni tashish 2016-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0