Video

Dahshatli YTHdan soʻng: onasi va bir oyogʻidan judo boʻlgan qizaloq qanday yashayapti?

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir oydan soʻng Jumayim ikki yoshga toʻladi. Ikki oy oldin qizaloq onasi va bir oyogʻidan ayrilgan edi

Joriy yil 9 fevral kuni Bishkekdagi Elebesov koʻchasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Mikroavtobus piyodalar yoʻlagidan oʻtishga harakat qilgan bolali ayolni bosib ketdi. Ayol hodisa joyida vafot etgan.

Qizaloq esa tirik qolgan, faqat shifokorlarga uning bir oyogʻini amputatsiya qilishga toʻgʻri keldi. Oradan ikki oy oʻtdi. Sputnik Qirgʻiziston muxbirlari jajjigina Jumayim qanday yashayotganini bilish uchun ushbu oilanikida boʻldilar.

Jamiyat
Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan oʻzga xech kim, hech nima kerak emas edi
Bugungi kunda qizcha otasi va 56 yashar buvisi — Batma Sariboyeva qoʻlida tarbiya topmoqda. Buvisining aytishicha, Jumayim telefonda multfilm va kliplarni tomosha qilishni yaxshi koʻradi va hatto raqs tushishga urinadi. Qizaloq shifoxonadaligida uni buvisi parvarish qilgan edi.

"Esimda, bizga shifoxonadan javob berishganida va uyga kelganimizda eshik ochildi va Jumayim "Oyi!", deb baqirib yubordi. U yugurib ketishga tayyor edi… Hozir ham oyisini izlaydi, oqshomlari yigʻlab chiqadi. Men nabiramni Botkentga olib ketmoqchi edim, lekin uni shifokorlar tez-tez koʻrikdan oʻtkazishlari lozim. Shu bois poytaxtda qoldik. Keksayganda yosh bolani parvarishlash ogʻir. Tez kunlarda Moskvadan boshqa oʻgʻlim keladi xotini bilan, ular Jumayimga qaraydilar", — deb hikoya qilgan qizaloqning buvisi.

Qizaloqning otasi Jirgal Chotonov va uning rafiqasi Jazgul Omurbekova Bishkekdan Botkenga 2005 yilda koʻchib kelishgan. 2016 yilda ularning oilasida Jumayim dunyoga kelgan.

"Men tikuv tsexida dazmolchi boʻlib ishlayman. Onam bir oʻzlari bolaga qaray olmasliklari bois, hozircha uydaman. Shifokorlar qizimga hozircha protez qoʻya olmasliklarini aytishdi. Oyogʻini tosigacha kesib tashlashgani bois, avvaliga suyak toʻliq bitishi kerak. Lekin biz protez tayyorlash uchun navbatga turganmiz. Protezni qizim 5-6ga kirganida qoʻyishsa kerak", — dedi Chotonov.

Erkak shuningdek, uning boshiga tushgan musibatga befarq boʻlmagan odamlarga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Yunusabad DTP - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yunusobodda mudhish YTH sodir boʻldi
"Birlari hisob raqamiga pul oʻtkazdilar, boshqalari kasalxonaga kelib xabar olishdi va qoʻllaridan kelgan yordamini ayamadilar. Chet elliklar ham boʻldi, xususan Pokistondan talabalar va Qatar elchixonasi vakillari… Ayolim bilan Rossiyada boʻlganimida, Jazgul u yerda bir keksa ayolga qaragan edi. Uning qizi va mening rafiqam gaplashib turishardi, bir-birlariga tez-tez qoʻngʻiroq qilib turardilar. U Jazgul halok boʻlgani, Jumayim esa kasalxonadaligini eshitishi hamon bizga zudlik bilan pul oʻtkazdi… Hukumat rahbari Sapar Isakov ham yordam berdi. Saxiy odamlar koʻp", — deb taʼkidladi Jirgal.

Sputnik Qirgʻiziston nashri xabariga koʻra, ona va bolani bosib ketgan mikroavtobus haydovchisi oʻsha kunning oʻzidayoq qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0