Jamiyat

Toshkent viloyatida 2021 yilgacha biznes-aviatsiyasi uchun aeroport quriladi

© Uzbekskiye avialiniiSamolet biznes-klassa v aeroportu Tashkenta
Samolet biznes-klassa v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aeroport hududida uchish-qoʻnish chizigʻi va soatiga 250 yoʻlovchini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan terminal barpo etish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ 2018-2020 yillar "Toshkent-Shimoliy" aerodrom bazasida biznes-aviatsiyasi uchun aeroport qurishni rejalashtirishmoqda.

Turizm
Toshkent aeroportida yangi terminal aprel oyining oxirida ishga tushadi

"Hozirgi vaqtda aeroportni loyihalashtirish jarayoni ketmoqda, umumiy qurilish ishlari ham boshlab yuborilgan", — deb xabar qildi RIA Novosti ushbu ishlardan xabardor boʻlgan manbaaga asosan.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, shu yilning ikkinchi yarim yilligida loyihani bosh pudratchini tanlash boʻyicha tanlov eʼlon qilish rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda (2018-2010 y.) uchish-qoʻnish chizigʻi va soatiga 250 yoʻlovchini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan terminal barpo etish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda qoʻshimcha infratuzilma, mehmonxona majmuasi quriladi.

Boshlangʻich bosqichni moliyalashtirish (140 million dollar) xorijiy kreditlar va "Oʻzbekiston temir yoʻllar" oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, shu yil boshida "Toshkent-Sharqiy" aerodromi hukumat qaroriga asosan Mudofaa vazirligidan "Oʻzbekiston temir yoʻllari"ga oʻtkazib berilgan.

2017 yil dekabrda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aerodromni takomillashtirish loyihasi bilan tanishish chogʻida Oʻzbekistondan biznes-aviatsiyasini rivojlashtirish muhimligini alohida taʼkidlab oʻtgandi.

"Toshkent-Sharqiy" aerodromi Toshkent viloyatida joylashgan. Sobiq sovet ittifoq paytida ushbu aerodromdan harbiylarni Afgʻonistonga oʻtkazish uchun foydalanilgan. Sobiq sovet ittifoqi parchalangandan soʻng aerodrom V.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya korxonasiga, 2007 yilda esa Mudofaa vazirligiga oʻtkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0