O‘zbekiston IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar

TOShKENT, 7 apr- Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Xabarga ko‘ra, podpolkovnik Kasimov Fayzulla Faxrillayevich O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevich Toshkent viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Polkovnik Safarov Baxriddin O‘rolovich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Xasanov Akil Axatovich, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Xolov Faxriddin Ilmuradovich tayinlandi,

Shuningdek, podpolkovnik Axmedjanov Muzaffar Xalmatovich Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, podpolkovnik Abdujalilov Toxirjon To‘ychiboyevich Andijon viloyati, Shahrixon tumani IIB, podpolkovnik Yuldashev Akmaljon Foziljonovich Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani IIB va mayor Boltayev Murod Mamarajabovich Surxondaryo viloyati Angor tumani IIB boshlig‘i etib tayinlandilar.

Yangiliklar lentasi
0