Kanadada fojia: YTH oqibatida yoshlar jamoasi xokkeychilari halok bo‘ldi

© Robyn Beck / AFPSvecha v ruke
Svecha v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanadada yoshlar xokkey jamoasini olib ketayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Kanadada Humboldt Broncos yoshlar xokkey jamoasini olib ketayotgan avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mamlakat qirollik jandarmeriyasiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

© Foto: Humboldt Broncos/TwitterMolodejnaya xokkeynaya komanda Humboldt Broncos
Molodejnaya xokkeynaya komanda Humboldt Broncos  - Sputnik O‘zbekiston
Molodejnaya xokkeynaya komanda Humboldt Broncos

Avtobusda hammasi bo‘lib 28 kishi bo‘lgan. Ulardan o‘n to‘rt nafari halok bo‘lgan, qolganlar turli darajada tan jarohati olgan. Uch kishining ahvoli og‘ir.

Yo‘l-transport hodisasi juma kuni kechqurun Saskachevan provinsiyasidagi trassalardan birida yuz bergan. Hozirda halokat sabablari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0