Rossiya

Skripallar oilasi yangi ismlar ostida AQShga koʻchib oʻtishi mumkin

© Daniel LEAL-OLIVAS / AFPSotrudniki britanskix spetsslujb na meste otravleniya Sergeya Skripalya
Sotrudniki britanskix spetsslujb na meste otravleniya Sergeya Skripalya - Sputnik Oʻzbekiston
Britaniyalik josus Sergey Skripal koma holatidan chiqdi. U tez orada politsiyaga tergov ishlarida yordam berishi mumkin, deb xabar qilmoqda Britaniya OAVlari. Ayni vaqtda esa ota-bola Skripallarni, ularning xavfsizligini taʼminlash uchun, qaysi mamlakatga koʻchirish masalasi muhokama etilmoqda

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Britaniyalik josus va Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripalga hamda uning qizi Yuliyaga yangi ismlar ostida AQShga koʻchib oʻtishni taklif etishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Sunday Times asosida.

Nashr xabariga koʻra, bunday chora "yangi suiqasdlardan himoya"ga yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, britaniyaning Mi-6 maxfiy xizmati TSRUdagi hamkasblariga murojaat etishgan va Skripallarning xavfsizligini taʼminlash uchun mamlakatni tanlash masalasida yordam soʻrashgan.

Sotrudniki ekstrennыx slujb i politsii vo vremya rabotы na Londonskom dorojnom kladbiщe v Solsberi, gde poxoronenы jena i sыn bыvshego rossiyskogo shpiona Sergeya Skripalya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Rossiya 1" Yuliya Skripalning opasi bilan suhbatini eʼlon qildi
"Ularga yangi ismlar ostida yashashni taklif etishadi", — deb xabar qiladi nashr Britaniya hukumatidagi manbadan olingan xabar asosida.

Maʼlumotlarga koʻra, Skripallar koʻchib oʻtishi mumkin boʻlgan mamlakatlar orasida shuningdek, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham bor.

"Ular koʻchib oʻtishi ehtimolga ancha yaqin boʻlgan joy — Amerika, chunki u yerda ularni oʻldirish imkoniyati kamroq va u yerda ularni himoya qilish osonroq", — deb aytgan muzokaralardan xabardor manba.

Bundan tashqari manba ikkala jabrlanganlar ham hushida ekanligini va tez orada tergov ishlariga yordam berishlari mumkinligini maʼlum qilgan.

Ilgariroq toʻrtinchi mart kuni Sergey skripal va uning qizi Yuliyaga Britaniyaning Solsberi shaharchasida A234 zaharli moddasi yordamida tajovuz uyushtirilgan edi. London zudlik bilan Moskva nomiga ayblovlar yogʻdirdi va bu bilan diplomatik inqirozni yuzaga keltirdi. Rossiya barcha ayblovlarni asossiz deya, qatʼiy rad etib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala