Hodisalar

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradagi hodisani dushanba kuni muhokama qiladi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishPogranichnaya zastava v Respublike Altay
Pogranichnaya zastava v Respublike Altay - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki mamlakat chegara xizmati hamda boshqa tegishli muassasalar rahbarlari darajasida uchrashuv oʻtkaziladi, hamkorlikdagi ishchi guruh hodisa yuzasidan sinchkovlik bilan surishtiruv ishlarini oʻtkazib, natijalar haqida tez vaqt ichida axborot beradi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston hamda Qirgʻiziston Bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Sapar Isakovlar yakshanba, 8 aprel kuni chegarada yuz bergan otishma yuzasidan uchrashuv oʻtkazdilar, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Hukumat rahbarlari kuni kecha oʻbek-qirgʻiz chegarasida yuz bergan va oqibatda 1984 yilda tugʻilgan Qirgʻiziston fuqarosini oʻlimini olib kelgan hodisani muhokama qildilar.

Pogranichniki na slujbe - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi hodisa: Oʻzbekiston tomon huquqbuzar ogohlantirilganini aytmoqda
"Tomonlar dushanba, 9 aprel kuni ikki mamlakat chegara xizmatlari hamda boshqa tegishli muassasalar rahbarlari darajasida uchrashuv oʻtkazilishiga kelishib oldilar", — deb taʼkidladi Oʻzbekiston hukumati matbuot-xizmatida.

Hamkorlikdagi ishchi guruh hodisa boʻyicha sinchkovlik bilan surishtiruv oʻtkazadi hamda natijalar haqida tez vaqtda maʼlum qiladi.

Eslatib oʻtamiz, hodisa Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Oqsoy tumani Mamay qishlogʻida yuz bergan. Qirgʻiz chegara xizmati muassasasi xabariga koʻra, Oʻzbekiston harbiy askarlari Qirgʻiziston hududida boʻlgan Qirgʻiziston fuqarosiga qarshi qurol ishlatishgan. Olingan jarohatlar tufayli fuqaro Kerben shahar kasalxonasida olamdan oʻtgan.

Oʻzbekiston tomon ushbu maʼlumotlarni rad etmoqda. Kuch tuzilmalaridagi manbalarning maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan va unga qarata oʻt ochilgan vaqtda u Oʻzbekiston hududida boʻlgan.

Manbaning soʻzlariga koʻra, ogohlantirishga qaramay, boʻysunmasdan qochib ketishni boshlaganida oʻzbek chegarachilari unga qarata oʻq uzganlar. Huquqbuzar Qirgʻiziston hududigacha yugurib borgan va oʻsha yerda uni sheriklari kutib olib, mashinada kasalxonaga olib ketganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala