Sport

Xabib Nurmagomedov UFC chempioni boʻldi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishTrenirovka boytsa Xabiba Nurmagomedova
Trenirovka boytsa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyalik aralash yakkakurashchi tarixda birinchi bor Mutlaq jangovar chempionat (UFC) gʻolibi boʻldi.

TOSHKENT, 8 apr – Sputnik. Rossiyalik mashhur yakkakurashchi Habib Nurmagomedov UFC chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda R-Sport.

Kecha, 7 aprel kuni Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan besh raundli jangda barcha hakamlar rossiyalik sportchining gʻalabasini qayd etishdi.Ushbu jang yengil vaznda kurash olib boruvchi yengilmas rossiyalik sportchi karyerasida 26-jang va 26-gʻalaba boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, UFC kamari uchun boʻlib oʻtgan ushbu jangni muxlislar uzoq kutishgan edi. Jang turli sabablarga koʻra 4 marotaba qoldirilgan, Habibning raqiblari esa 3 marotaba oʻzgargan edi.

Jang boʻlishidan 2 kun oldin esa, raqib jamoasi vakili, aralash yakkakurchi Konor Makgregor Nurmagomedov va boshqa jangchilar oʻtirgan avtobusga xujum qilib, temir ustun bilan uning oynasini sindirgan edi. Ushbu qilmishi uchun sobiq chempion sud oldida javob berishiga toʻgʻri keladi.

Eʼtiboringiz uchun Nurmagomedov haqida bir necha qiziq faktlarni keltiramiz, Sputnik Qirgʻizistonga asosan.

Habib Nurmagomedov Dogʻistonda, 1988 yilda tugʻilgan. Uning otasi — erkin kurash va sambo boʻyicha Ukraina chempioni, sport ustasi. Amakisi — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni, togʻasi — sambo boʻyicha sport ustasi.

Xabib Nurmagomedov priletel v Andijan na svadbu druga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Habib Nurmagomedov nima uchun Andijonga kelgani maʼlum boʻldi

Habib 5 yoshidan otasi qoʻl ostida sambo bilan shugʻullanishni boshlagan. 13 yoshida aralash yakkakurash bilan qiziqib, dzyudo bilan shugʻullana boshlagan.

Habib mashhur rossiyalik aralash yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenkodek boʻlishni istaydi. Uning soʻzlariga koʻra "Fyodor jangda gʻalaba qozonsa ham, boy bersa ham — oʻzinini bir xil xotirjam tutadi. Ulkan yutuqlarga erishsa-da, hayotda oʻzini kamtarona tutadi, biror marta nojoʻya ish qilganini eshitmaganman", — degan edi Habib Yemelyanenko haqida.

19 yoshida Habib, oilasiga yordam berish maqsadida, sportni tashlab qoʻriqchilik ishiga kirmoqchi boʻlganda otasi ruxsat bermagan va yanada kuchliroq shugʻullanishga majbur qilgan edi.

Trenirovka boytsa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
MMA yulduzi Habib Nurmagomedov Oʻzbekistonda seminar oʻtkazadi

2005-2008 yillarda Habib jangovar sambo boʻyicha bir necha turnirlarda Rossiya va jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

Habib Nurmagomedov musulmon boʻlani tufayli hech qachon ichmagan va chekmagan. Sportchi oʻzining oilaviy hayotini omma nazaridan chetda saqlab turishga harakat qiladi.   

Habibning muvaffaqiyatlarini instagram orqali 3 milliondan ortiq kishi kuzatib boradi.

Habib Nurmagomedov 2012 yildan buyon UFC janglarida ishtirok etib keladi. Ayni damda u AQShda yashab, oʻsha yerdam mashgʻulotlar oʻtkazib kelmoqda.

UFC talabiga binoan, Habib oʻziga taxallus topishga majbur boʻlgan edi, chunki UFC mutaxassislari aytishiga qaraganda Habibning ismi va familiyasi AQShliklar eslab qolishi uchun juda uzun boʻlgan. Oʻshanda Habib otasi bilan maslahatlashib oʻziga "Burgut" (Eagle) taxallusini olgan edi.

Habib Nurmagomedov va El Yakvinta jangidagi eng qiziq lavhalarni quyida tomoshi qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala