Jamiyat

Oʻzbekistonda ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Tatyana MilkovichMolodeji Uzbekistana. Arxivnoye foto
Molodeji Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
“Yosh vatandoshlar” festivalining maqsadi - dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik yosh avlod vakillarini bir joyga jamlab, ularga respublikada boʻlayotgan yangiliklarni koʻrsatish, ular bilan fikr almashishdir.

TOSHKENT, 8 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 10-17 aprel kunlari Oʻzbekistonda “Yosh vatandoshlar” festivali boʻlib oʻtadi.

Ushbu festivalning maqsadi — dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi oʻzbekistonlik yosh avlod vakillarini bir joyga jamlab, ularga respublikada boʻlayotgan yangiliklarni koʻrsatish, ular bilan fikr almashishdir.

Predsedatel Tsentralnogo soveta Soyuza molodeji Kaxramon Kuranbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Prezident Davlat maslahatchisi Quronboyev jonli muloqot oʻtkazadi

Festivalga AQSH, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda yashayotgan vatandoshlar kelishi kutilmoqda.

Festivalning tantanali ochilish marosimi 12 aprel kuni Toshkentda Yoshlar sanʼat saroyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Yosh vatandoshlar” festivali dasturi qiziqarli va boy boʻlishi kutilmoqda. Oʻzbekistonga kelgan mehmonlar Buxoro va Samarqandga tashrif buyurishlari, turli milliy va madaniy tadbirlar, jumladan sumalak pishirishda ishtirok etishlari kutilmoqda.

Festival doirasida asosiy eʼtibor Oʻzbekiston rivojlanishining uhim sohalariga eʼtibor qaratilishi rejalashtirilgan. Xususan, “Turizm sohasida marketing: sayyohni qanday jalb qilish mumkin”, “ Oʻzbekistonda sarmoyaviy muhit – hamkorlikning mustahkam ustuni”, “Oʻzbekistonda ishbilarmonlik: muvaffaqiyatli strategiya asoslari”, “Oʻzbekistonda yosh tadbirkorlar kelajagi”, “Oʻzbekiston kelajagi arxitekturasi”, “IT loyihalarnib boshqarish: eng samarali mexanizmlar”, “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining istiqbollari va yoʻllari” va yana bir qancha mavzular.

Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi oʻzbek yoshlari bilan uchrashish uchun Rossiyaga safar qiladi

Soʻzga chiquvchilar orasida ilmiy va ishbilarmonlik sohalarining yetakchi namoyondalari, davlat, jamiyat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bor.

Ushbu festival dasturidan, dunyoning turli mamlakatlari oʻqiyotgan va tahsil olayotgan yoshlarni qoʻllab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan, “Oʻzbekiston yoshlarining umumjahon assotsiatsisyasi” taqdimoti ham boʻlib oʻtadi.

Ilk bosh tashkil etilayotgan ushbu tadbir – Oʻzbekiston va yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlari yoshlari orasida konstruktiv suhbat maydoniga aylanishi muqarrar.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala