Jamiyat

Pasxa - pravoslav nasroniylarining eng ulugʻ bayrami

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishPasxalnoye bogoslujeniye v xrame Xrista Spasitelya
Pasxalnoye bogoslujeniye v xrame Xrista Spasitelya - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun butun dunyo pravoslav nasroniylari Pasxani nishonlamoqda. Odat boʻyicha ushbu bayram yakshanba kuni tongda cherkovlarda boʻlib oʻtadigan ibodat bilan boshlanadi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Pasxa – Pravoslav nasroniylarining eng ulugʻ bayrami hisoblanadi. Muqaddas kitoblarda yozilishiga koʻra, ushbu kunda Iso Masih oʻlmidan 40 kun oʻtib  qayta tirilgan.

Ramziy maʼnoda ushbu kun sotqinlik, johillik ustidan qozonilgan gʻalaba kuni hisoblanadi. Ushbu kun cherkovlarda oʻtkazilayotgan ibodatlar ham bayramona ruhda boʻlib oʻtadi. Nasroniylar bir-birlarini “Xristos voskres” degan soʻzlar va yuzlarida quvonch bilan qarshi olishadi.

Toshkentdagi Avliyo-Uspensk sobori - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pravoslav nasroniylar Rojdestvo bayramini kutib olishdi

Rossiyada Pasxaga bagʻishlangan ibodat, mamlakatning bosh cherkovi – “Xram Xrista Spasitelya”da boʻlib oʻtdi. Uning Butun Rus patriarxi Kirill amalga oshirdi. Tamoyilga koʻra, patriarx Kirill Quddus shahridan maxsus kapsulada olib kelingan muqaddas olov bilan cherkov shamlarini yoqdi, undan soʻng “Krestnыy xod” odatini oʻtkazdi.

Butun dunyoda pravoslav nasroniylar umumiy soni 250 million kishini tashkil qiladi. Pravoslav nasroniylarining asosiy qismi Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Bolgariya, Serbiya va Gruziyada yashaydi va ularning bosh cherkovi Rus Pravoslav cherkovi hisoblanadi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, butun dunyoda nasroniylar umumiy soni 2 milliarddan ortiq. Ulardan 1,25 mlrd kishi – katoliklar, 800 mln kishi – protestantlar hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala