Jizzaxda hokim oʻrinbosarlariga avtomobillar berildi

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosariga hamda shahar va tuman hokimlari oʻrinbosarlariga "Lasetti" va "Neksiya-3" avtomobillari topshirildi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Jizzaxda hokim oʻrinbosarlariga xizmat avtomobillari berildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnыmi proyektami v Djizake - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda
"Jizzax viloyat hokimligida viloyat hokimi hamda shahar va tuman hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirish korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga xizmat avtomobillari berildi", — deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi oʻrinbosariga 1 dona "Lasetti" rusumli, shahar va tumanlar hokimi oʻrinbosarlariga 1 donadan jami oʻn uch dona "Neksiya-3" rusumli xizmat avtomashinalari topshirilgan.

Ilgariroq Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kelib tushgan 5337 murojaatdan 71% ini qanoatlantirgani uchun "Murojaatlar bilan ishlashda eng zoʻr hokimlar" roʻyxatidan oʻrin olgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala