O‘zbekiston AQSh bilan harbiy sohada hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Sergey Stepanov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie armii SShA na ucheniyax
Voyennoslujashie armii SShA na ucheniyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan, Yevropaning old davlatlari bilan, xususan, Germaniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya bilan, shuningdek Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishdan manfaatdor", - deb ta’kidlangan qarorda

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish sohasida AQSh bilan harbiy-texnik hamkorlikni davom ettiradi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori milliy qonunchilik bazasida dushanba kuni e’lon qilindi. RIA Novosti xabari asosida.

Mirziyoyev O‘zbekistonning asosiy xorijiy hamkorlari bilan tashqi siyosiy va tashqi iytisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatga belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni tasdiqlagan.

Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa RUz Sadik Safoyev - Sputnik O‘zbekiston
Sodiq Safoyev O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining qaytishidan manfaatdorligini aytdi
"O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan o‘zaromanfaatli va ko‘pqirrali hamkorlikni rivojlantirishdir… Harbiy-texnik hamkorlik, harbiy ta’lim sohasida va kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilmoqda", — deyiladi hujjat matnida.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston fan va texnika, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish masalalarida AQSh bilan aloqalarni faollashtirishni rejalashtirmoqda. Respublika shuningdek YeIda hamkorlik va sheriklik bo‘yicha kengaytirilgan bitimni tuzish, xorijiy investitsiyalar bo‘yicha o‘zbek-yevropa kengashini tashkil qilishni rejalashtirmoqda, deyilgan hujjat matnida.

"O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan, Yevropaning old davlatlari bilan, xususan, Germaniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya bilan, shuningdek Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishdan manfaatdor", — deb ta’kidlangan qarorda.

Mirziyoyev 2017-yilning sentabrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtiroki doirasida Nyu-Yorkda amerika kompaniyalari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi va ikkitomonlama biznes-forumda ishtirok etdi. Forum yakuni bo‘yicha AQSh kompaniyalari bilan nefte-gaz, neft-kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va fuqarolik aviatsiyasi sohalarida umumiy hajmi 2,6 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston tomon ma’lumotlariga ko‘ra, amerika kompaniyalarining respublika iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari miqdori 600 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari ishtirokida 160dan ziyod korxonalar o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0