Janubiy Koreyada ishchilar General Motors direktori kabinetiga hujum qildi

© REUTERS/Kim Hong-JiZavod GM Korea v Inchone, Yujnaya Koreya
Zavod GM Korea v Inchone, Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM biznesi Janubiy Koreyada o‘tgan yildan beri turli muammolarga duch kelmoqda. GM kompaniyani qayta tashkil qilish buyicha yangi sarmoyaviy reja ishlab chiqqan edi, lekin ishchilar profsoyuzi bunga rozi emas.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Janubiy Koreyada General Motors ofislaridan birida ishchilar kompaniya direktori kabinetiga hujum qilishdi, deb xabar qilmoqda Autonews.com nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, mojaro krizis tufayli kompaniya ishchilarga bonuslar to‘lanmasligi haqida xabar qilganidan keyin kelib chiqqan. Ishchilar GM mahalliy korxonasi direktori kabinetiga bostirib kirib u yerdan mebellarni sindirishgan.

GM buni noqonuniy hatti-harakat deb baholab, ushbu ish yuzasidan politsiyaga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, GMning Janubiy Koreyadagi biznesi o‘tgan yildan beri turli muammolarga duch kelmoqda. Muammolarni hal qilish maqsadida GM kompaniyani qayta tashkil qilish buyicha yangi sarmoyaviy reja ishlab chiqqan edi, lekin GM ishchilar profsoyuzi bunga rozi emas.

Xususan, profsoyuz maoshlarni muzlatib qo‘yish va bonuslar to‘lanmasligi haqidagi talablarini qabul qilgan, lekin imtiyozlarni bekor qilish va 5 ming kishi ishlaydigan Gunsan zavodini yopishiga qarshi chiqqan.

Kompaniya rahbariyati esa, yangi investitsion reja qabul qilinmasa butun GM Korea bo‘linmasini bankrot deb e’lon qilishini xabar qilmoqda.

Janubiy Koreya sanoat vaziri kompaniyani profsoyuz bilan imkon qadar tezroq kelishib olishga chaqirdi.

“Agar mojaro kecha, bugun va kelajakda ham davom etadigan bo‘lsa, GM Korea jamoatchilik va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mushkul bo‘ladi”, — dedi Payk Un Gyu Koreya Sanoat  va energetika vaziri.

Yangiliklar lentasi
0