TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Oʻzbekistonlik Umida Omonova Tailandda blits boʻyicha boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida birinchilikni qoʻlga kiritidi deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi.
Blits shaxmat boʻycha musobaqalarda oʻyinlar 3 daqiqa davom etadi. Ushbu musobaqalarda oʻzbekistonlik Umila Omonova 7,5 ball jamlab barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozondi.

16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar orasida Abdimalik Abdisalimov juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi. U 7 ball jamlab kumush medal sohibi boʻldi.
Oʻzbekistonlik boshqa sportchilari quyidagi natijalarga erishishdi: Xegay Yuliya — 6 ochko, Eminjonov Muzaffarjon — 5,5 ochko, Olimova Odina — 5 ochko, Orazmuxammedova Maxim — 4 ochko va Islamov Shaxzod — 3 ochko.
Ushbu musobaqada Oʻzbekistondan 7 nafar sportchi hamda murabbiy Gevorgyan Irina va xalqaro arbitr Turdialiyev Xusan Xudaykulovichlar ishtirok etishmoqda.
Tailandda 1-8 aprel kunlari 8,10, 12, 14, 16 va yoshli sportchilar orasida shaxmatning rapid, standart va blits turlari boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun 9 aprel kuni Tailandda standart shaxmat boʻyicha yakuniy musobaqalar boʻlib oʻtadi.