Si Szinpin: Xitoy jahonda o‘rnatilgan tartibni hech qachon buzmaydi

© REUTERS / Axel SchmidtPredsedatel KNR Si Szinpin v aeroportu Gamburga
Predsedatel KNR Si Szinpin v aeroportu Gamburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy hamisha dunyoda tinchlik bunyodkori, jahonda o‘rnatib bo‘lingan tartib-qoidalar himoyachisi bo‘lib qolgan va global taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shib kelgan"

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Xitoy hech qachon boshqa davlatlar uchun tahdid bo‘lmaydi yoki o‘zining taraqqiy etishi darajasidan qat’iy nazar jahonda o‘rnatilgan tartib-qoidani buzmaydi, deb bayonot qildi XXR raisi Si Szinpin seshanba kuni Boaoda bo‘lib o‘tadigan har yilgi Osiyo iqtisodiy forumi ochilishi marosimida. RIA Novosti xabari asosida.

XXR Raisi Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin: Xitoy o‘z haq-huquqlari va suvereniteti poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi

"Xitoy o‘z taraqqiyotida qanday darajaga erishishidan qat’iy nazar, biz hech qachon boshqalar uchun tahdid bo‘lmaymiz, jahonda o‘rnatilgan tartib-qoidani buzmaymiz, o‘z ta’sirimizni o‘tkazishga harakat qilmaymiz", — deb ta’kidladi Xitoy yetakchisi.

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy hamisha dunyoda tinchlik bunyodkori, jahonda o‘rnatib bo‘lingan tartib-qoidalar himoyachisi bo‘lib qolgan va global taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shib kelgan".

Boaodagi Osiyo forumi 2001-yildan buyon Xitoyning Xaynan orolida o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda forum "Ochiq va innovatsion Osiyo dunyo yanada taraqqiy etishi uchun" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

8-11 aprel kunlari o‘tkaziladigan bu forumning maqsadi Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro muvofiqlashganlik va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, rasmiy shaxslar, tadbirkorlar, mutaxassislar va olimlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalarda aloqalarni yo‘lga qo‘yadigan platformani yaratishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0