TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiyada Oʻzbekistonning Ravon brendi avtomobillari narxi koʻtarildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston "Za rulem"ga asoslanib.
Xabarda aytilishicha, Ravon R2 va Ravon Nexia sedanining narxi 20 ming rublga oshgan.
R2 489 mingdan 559 minggacha, Nexia 499 mingdan 599 ming rublgacha etib belgilangan.
Kompaniya matbuot xizmati narxlar qimmatlashishiga utilizatsiya yigʻimining oshishi sabab boʻlganligini bildirgan.
Oʻtgan oyda Ravon avtomobillari sotuvi 2017 yilning mart oyidagiga nisbatan sezilarli darajada – 71%ga oshgan.
Yil boshidan buyon oʻtgan uch oy davomida esa sotuv hajmi 152%ga oʻsgan.