TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Oʻzbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 44,7%ga oshirdi va yuk mashinalari ishlab chiqarilishini deyarli shuncha miqdorga qisqartirdi. Bu koʻrsatkichlar nimaga bogʻliqligi haqida avtomobillar boʻyicha ekspert Igor Morjaretto fikr bildirdi.
"Mamlakatda yengil avtomobillarga boʻlgan talab oʻta katta, u yerda odamlar mashina olish uchun baʼzan yillab navbatda turadilar. Ishlab chiqarilgan mashinalarning kattagina qismi valyuta evaziga boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi, ichki talabni qondirish uchun zavod hozircha quvvatni oshira olmaydi. Yuk mashinalari bilan bogʻliq vaziyat esa aksincha — ular asosan ichki bozor uchun ishlab chiqariladi va defitsit emas", — deya izoh berdi ekspert.
Morjarettoning soʻzlariga koʻra, mamlakatda boshqa brenddagi avtomobillarning yoʻqligi avtomobil bozori bilan bogʻliq vaziyatni yanada murakkablashtiradi.