Jamiyat

Ashxabodda Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi muhokama qilindi

© Nuz.uzFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari tahlil qilindi

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Ashxabod shahrida Oʻzbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarda Turkmaniston prezidentining Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi muhokama qilindi.

"Oʻzbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida 2018 yilning 9-10 aprel kunlari Ashxabod shahrida Oʻzbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi", — deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.

Unda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Abdujabbor Abduvohidov boshchiligidagi delegatsiya va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Turkmaniston tashqi siyosat idorasi rahbari oʻrinbosari Vepa Xadjiyevlar ishtirok etdi.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi

Xabarda bildirilishicha, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari tahlil qilindi.

"Suhbatda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga boʻlajak davlat tashrifi dasturi va kun tartibi loyihalari muhokamasiga asosiy eʼtibor qaratildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifini amalga oshirgandi. Oʻtgan yilning may oyi oxirlarida ikki davlat rahbarlari Turkmanistonning Kaspiy dengizi sohilidagi "Avaza" milliy turistik zonasida uchrashishgandi. Muzokaralar yakuniga koʻra, koʻplab ikki tomonlama hujjatlar imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0