Jamiyat

NATO Afgʻonistonda ID rahbarini yoʻq qilganini aytmoqda

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qori Hikmatulloning millati oʻzbek boʻlgani va u oxirgi yil davomida oʻtkazilgan koʻplab qonli teraktlarining tashkilotchisi ekanligi aytilmoqda.

TOSHKENT, 10 apr – Sputnik. AQSH harbiylari Afgʻoniston hududida Qori Hikmatulla nomli “Islomiy davlat” rahbarlaridan birining yoʻq qilingani haqida xabar qilishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

NATO xabariga koʻra, Qori Hikmatulla Afgʻoniston shimolida “Islomiy davlat” safiga yangi jangchilar yollash bilan shugʻullangan. Terrorchi va uning tan soqchilari 5 aprel kuni, Faryob provintsiyasi shimolida  aviatsiya zarbasi yordamida yoʻq qilingan.

Sovmestnoye foto uchastnikov konferentsii po Afganistanu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Afgʻoniston boʻyicha Toshkent anjumani: kutilgan reaktsiya, AQSH pozitsiyasi va tinchlik sulhi

Afgʻoniston harbiylari  aytishiga qaraganda, Qori Hikmatullo “Islomiy davlatning” Afgʻonistondagi rahbari boʻlgan va mamlakatda oʻtkazilgan koʻplab qonli terrorchilik aktlarining tashkilotchisi boʻlgan. Uning yoʻq qilinishi ID uchun katta yoʻqotishdir.

NATO xabarida Qori Hikmatullaning millati oʻzbek boʻlgani va uning oʻrniga kelayotgan yangi rahbar — Mavlavi Xabibul Raxmonning ham oʻzbek ekanligi alohida taʼkidlangan. Shuningdek, xabarda Habibul Rahmonning oʻtmishda “Tolibon” bilan aloqalari boʻlgani ham aytib oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston manbaalarida aytilishiga koʻra, mamlakat shimolidagi “Jauzjan” viloyatida ayni damda mamlakat shimolida 450-500 nafar ID jangarilari joylashib olgan. Ular orasida 30ga yaqin “Xorijiy mutaxassislar” ham borligi taʼkidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0