Surxondaryoda chet elga ishga ketayotganlarga imtiyozli bilet sotadigan kassalar ishga tushirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPokupka bileta
Pokupka bileta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 1-aprelda Surxondaryo viloyatining Termiz shaxrida O‘zbekiston Respublikasidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida horijga chiqayotgan fuqarolar uchun ixtisoslashtirilgan kassani ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyatida 2018-yil 1-apreldan boshlab Maxsus kassalar ish boshladi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston migrantlarga 1000 dollardan kredit ajratishga qaror qildi
O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 5-martidagi qaroriga asosan chet davlatlariga ishlashga ketuvchi mehnatkash fuqarolarga chegirmalar asosida chiptalarni xarid qilishi maqsadida maxsus ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil qilinib fuqarolarga xizmat ko‘rsatishi belgilangan. Bugungi kunda maxsus kassalar O‘zbekistonning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda ochildi va faoliyat yuritmoqda.

"Maxsus kassalar Surxondaryo viloyatida 2018-yil 1-apreldan boshlab ish boshladi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga plaskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari hamda iqtisodiy (ekonom) klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etib, temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘m miqdorda beg‘araz to‘lov bir yilda bir marta "Aloqabank"ATB amalga oshiriladi", — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida chipta xarid qilgach fuqaroga xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus kassalarda "O‘zAgrosug‘urta" va "Kafolat" sug‘urtalari xodimlari polyuslarni rasmiylashtirishadi.

Yangiliklar lentasi
0