Jamiyat

Imom Buxoriy majmuasi rahbari kirish nega pullik boʻlganiga izoh berdi

© tolgolKompleks Imam Al-Buxari
Kompleks Imam Al-Buxari - Sputnik Oʻzbekiston
Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlarning Imom Buxoriy majmuasiga kirishi uchun haq undirilayotgani haqida fikrlar bildirilmoqda. Bu gaplar qanchalik asosli, degan savolga javob olish uchun majmua rahbariga murojaat etildi

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Ziyoratchilardan undirilayotgan mablagʻ inshootni saqlash va hududni obodonlashtirish, mehmonlar uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda xodimlarga ish haqi berishga yoʻnaltiriladi, degan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi rahbari D.Ermamatov "Zarafshon" gazetasi muxbiri bilan suhbatda.

Vstrecha Mirziyoyeva s glavoy IBR - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinadi
"Haqiqatan ham bugungi kunda majmuaga kirish uchun mahalliy ziyoratchilar 1000 soʻmdan pul toʻlamoqda. Ushbu mablagʻ inshootni saqlash va hududni obodonlashtirish, mehmonlar uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda xodimlarga ish haqi berishga yoʻnaltiriladi. Shu paytgacha bu xarajatlar majmuaga keluvchi fuqarolarning ehsonlari, homiylar mablagʻi hisobidan qoplangan. Bugungi kunda sayyohlar oqimining keskin koʻpayishi ziyoratgohda ular uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, yangi ish oʻrinlari ochish hamda ularning xavfsizligini taʼminlashni taqozo etmoqda. Shu sababli ziyoratchilarning majmuaga kirishi pullik tartib asosida yoʻlga qoʻyildi", — deb taʼkidlagan Ermamatov.

Yilning birinchi choragida Imom Buxoriy majmuasini 311 ming nafardan ortiq sayyoh, jumladan, 1900 nafarga yaqin xorijliklar ziyorat qilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 146 ming nafarga koʻp demakdir. Pul tushumi esa 414 million soʻmni tashkil etib, 2017 yilning birinchi choragiga nisbatan ikki barobar koʻp boʻlgan.

Ayni paytda dam olish kunlarida majmuaga oʻrtacha 5 ming nafar sayyoh kelmoqda.

Navroʻz bayrami kunlari esa 15-17 minggacha ziyoratchi tashrif buyurdi. Birinchi navbatda bu sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash talab etiladi. Shu maqsadda ilgarigi bitta qoʻriqlash posti ikkitaga yetkazilib, tunu kun qoʻriqlov amalga oshirilyapti.

Majmua ichida esa "Xavfsiz turizm" xodimlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala