Iqtisod

Xorazmda byudjet tashkilotlari oyliklari toʻlanishi vaqti nazoratga olindi

© SputnikKupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Xorazm viloyati mutasaddilari byudjet tashkilotlari xodimlari maoshi oʻz vaqtida toʻlanishi uchun sharoit yaratdilar

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Xorazm viloyatida 5 aprel sanasiga qadar barcha byudjet tashkiloti xodimlarining mart oyining 2-yarmi uchun ish haqlari toʻliq toʻlanishi nazoratga olindi, deb xabar berilgan Xorazm viloyati hokimligi saytida.

Podpis. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ilgizar Sabirov Xorazm viloyatiga hokim etib tayinlandi

Xabarga koʻra, joriy yilning 2 aprel kunida Moliya bosh boshqarmasi byudjet tashkiloti ishchilarining maoshlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida 33,0 milliard soʻm miqdorida maqsadli transfert mablagʻlari ajratgan. Natijada hududiy gʻazna hisob raqamlarida ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun yetarli miqdorda mablagʻlar shakllantirilgan.

Shu bilan birga byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan gʻaznachilik organlariga taqdim etilgan toʻlov hujjatlari asosida joriy yilning 5 apreligacha mart oyining 2-yarmi uchun ish haqlari barcha byudjet muassasalari tomonidan taqdim qilingan soʻrovnomalar asosida jami 52,1 milliard soʻm toʻliq moliyalashtirilishi taʼminlanganligi aytilmoqda.

Taʼkidlanishicha, xodimlarning ish haqlarini oʻz vaqtida toʻlanishi boʻyicha byudjet tashkilotlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish va tegishli toʻlov hujjatlarini gʻaznachilik organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq boshqarmalari hamda byudjet tashkilotlari bilan amaliy yordam koʻrsatish ishlari olib borilganligi taʼkidlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala