Hodisalar

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasida yuz bergan hodisa bilan maxsus guruh shugʻullanadi

© SputnikPogranichnik na uchastke granitsы, arxivnoye foto
Pogranichnik na uchastke granitsы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu hodisani oʻrganish bilan shugʻullanadigan maxsus guruh tarkibidan chegarachilar, huquq tartibot xodimlari va ikki mamlakat mahalliy hukumati vakillari oʻrin oldilar

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Qirgʻiz-oʻzbek chegarasida yuz bergan, yaʼni qoʻshni davlat chegarachisi qirgʻizistonlikni otib qoʻygan hodisa maxsus guruh tomonidan oʻrganiladi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Soldat na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara xizmati rahbarlari uchrashuv oʻtkazishdi

Nashr xabariga koʻra, bu haqda bugun, 11 aprel kuni Qirgʻiziston Respublikasi Chegara xizmati raisi Ularbek Sharsheyev Bosh vazir Sapar Isakovga axborot bergan.

"Haryoqlama va xolisona oʻrganish uchun ikki mamlakat chegara xizmati muassasalari, tuman maʼmuriy rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, prokuratura va chegara oldi hududlari kadastr xizmatlari vakillaridan iborat hamkorlikdagi ishchi guruhi tuzilgan", — degan Sharsheyev.

Sharsheyevga koʻra, Oʻzbekiston tomon 9 aprel kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda 2018 yildan buyon sodir boʻlgan ikki hodisa boʻyicha ham chegara xizmatlari muassasalari darajasida yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala