Jazoirda Il-76 samolyoti halokatga uchradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet voyenno-transportnoy aviatsii Rossii
Samolet voyenno-transportnoy aviatsii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Halokatda 105 kishi qurbon bo‘lgan. Samolyotning halokatga uchrashi sabablari haqida hozircha hech qanday aniq ma’lumot yo‘q.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Jazoirda Il-76 harbiy samolyoti qulashi oqibatida 105 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda, En-Nahar mahalliy telekanal.

Fojea mahalliy vaqt bilan soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Bortida faqat harbiylar bo‘lgan samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tib qulab tushgan. Halokatda hech kim tirik qolmagan. Samolyot halokatga uchrashi sabablari o‘rganilmoqda. Bu borada hozircha hech qanday aniq ma’lumot yo‘q.

"Bufarikda samolyot halokatida 105 kishi qurbon bo‘ldi, ulardan 26 nafari Polisario (G‘arbiy Saxara ozodlik harakati) vakillari edi", — deyilgan telekanal xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Il-76 Toshkent aviatsiya zavodining asosiy mahsuloti hisoblangan. 1971-2012 yillar davomida Toshkent aviatsiya zavodida 900dan ortiq Il-76 samolyotlari ishlab chiqarilgan. 2012-yilda ishlab chiqarish Ulyanovskka ko‘chirilgan.

Samolet Il-114-100 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Toshkentdagi aviatsiya zavodini qayta ishga tushirish imkoniyatini o‘rganmoqda

Il-76 samolyoti — Rossiya, Hindiston, Eron, Xitoy, Qozog‘iston, Ukraina, Suriya, Jazoir va O‘zbekiston Harbiy kuchlarining asosiy harbiy-transport samolyoti hisoblanadi. Ushbu samolyotdan desant tashlash, havoda yonilg‘i quyuvchi mashina, radiorazvedka va boshqa ko‘plab maqsadlarda foydalaniladi. Samolyot o‘rtacha narxi 30 mln dollar, o‘rtacha foydalanish muddati — 30-yil.

Turli manbaalarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida 948 ta Il-76 samolyoti ishlab chiqarilgan. Ushbu kunga qadar ulardan 52 tasi halokatga uchragan va 24 tasi janglarda yo‘qotilgan.

Yangiliklar lentasi
0