Jamiyat

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boshqa ishga oʻtdi

© bsca.byAktam Xaitov (sleva)
Aktam Xaitov (sleva) - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yigʻilishi oʻtkazildi. Unda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi lavozimiga Aktam Hayitov saylandi.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Hayitov boshqa ishga oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Mujchina zastegivayet portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokurorga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Toshkentda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kengashning Rayosat aʼzolari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kengashlari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi vazifasini bajaruvchi etib avval Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Hayitov saylandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi oʻtgan yilning sentyabr oyida tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda respublikada fermerlik xoʻjaliklarni koʻp tarmoqli xoʻjaliklarga oʻtkazish dasturi boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha fermerliklar 2018-2021 yillar davomida bu ishlarni yakunlashi zarur.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala