Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boshqa ishga o‘tdi

© bsca.byAktam Xaitov (sleva)
Aktam Xaitov (sleva) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi lavozimiga Aktam Hayitov saylandi.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Hayitov boshqa ishga o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Mujchina zastegivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkentda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengashning Rayosat a’zolari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kengashlari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi vazifasini bajaruvchi etib avval O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Hayitov saylandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi o‘tgan yilning sentabr oyida tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda respublikada fermerlik xo‘jaliklarni ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga o‘tkazish dasturi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha fermerliklar 2018-2021 yillar davomida bu ishlarni yakunlashi zarur.

Yangiliklar lentasi
0