Jamiyat

Jamoat transportida yagona toʻlov kartalari joriy etiladi

© tashtrans.uzObщestvennыy transport v Tashkente
Obщestvennыy transport v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Avtomatlashtirilgan tizim tatbiq etilishi bilan birga haydovchilar yoʻlovchilardan yoʻl kira haqini yigʻish vazifasidan ozod etadi.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda barcha jamoat transportda yagona toʻlov kartalarini joriy etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Avtomobilnaya trassa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda avtomobilni xavfli uslubda boshqarish uchun jarima joriy etilishi mumkin

Bu choralar 2030 yilgacha avtomobil transportini rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasida koʻzda tutilgan.

Bu hujjat yoʻlovchilar tashish uchun tariflarni tartibga solish tizimini takomillashtirish va yoʻlovchilarni tashish transport harajatlarini oʻrnini qoplash mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda jamoat transportida bosqichma-bosqich qulay transport toʻlov tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Birinchi navbatda Toshkent va viloyatlardagi yirik shaharlarda yagona toʻlov transport kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Stend kompanii UzAuto - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoydagi avtobus ishlab chiqaradigan kompaniya "Oʻzavtosanoat" bilan hamkorlik qilmoqchi

Avtomatlashtirilgan tizim tatbiq etilishi bilan birga haydovchilar yoʻlovchilardan yoʻl kira haqini yigʻish vazifasidan ozod etadi.

Haydovchilarni butun diqqat eʼtiborini faqat yoʻlovchilarni tashishda xavfsizlikni taʼminlash, qatnovlar oʻz vaqtida harakatlanishi va jadvalga rioya qilish, avtotransport vositalarining ehtiyotkor foydalanilishini taʼminlashga qaratiladi.

"Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi loyihasi turli transport toʻlov kartalarni joriy qilishni koʻzda tutadi. Masalan, umumiy kartalar hamda maxsus kartalar — imtiyozlardan foydalaniladigan aholi — pensionerlar, bepul yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻovchilar, talabalar va maktab oʻquvchilari ", — deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala