Shavkat Mirziyoyev Jazoir xalqiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSveti i pamatnie svechi
Sveti i pamatnie svechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bufarik aeroporti yaqinida harbiy samolyotning qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Blida viloyatining Bufarik aeroporti yaqinida harbiy samolyotning qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika va Jazoir xalqiga hamdardlik bildirdi.Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

V Tegerane otkrili uzbeksko-iranskiy torgoviy dom - Sputnik O‘zbekiston
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochildi

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, Jazoirda Il-76 harbiy-transport samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 257 kishini tashkil qilishi mumkin.

Jazoirning "An-Naxar" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy samolyotda 247 nafar harbiylar va 10 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular hammasi halok bo‘lgan.

Fojia joyida 14 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari, 30 ta tez yordam mashinasi va 300 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari, qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0