Iqtisod

Statistika qoʻmitasi qaysi sohalarda maosh keskin oshganini xabar qildi

© Flickr / Day DonaldsonGrafik rosta
Grafik rosta - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yilning birinchi kvartalida oylik maoshning eng koʻp oʻsishi - axborot texnologiyalari va aloqa, moliya va sugʻurta, sanoat va qurilish sohalarida kuzatilgan.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Davlat Statistika qoʻmitasi 2018 yilning 1 kvartali boʻyicha aholi daromadlari haqidagi hisobotni eʼlon qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2018 yilning yanvar – mart oylarida, oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan, oylik maosh eng koʻp miqdorda axborot texnologiyalari va aloqa (+28,9%), moliya va sugʻurta (+28,6 %), sanoat (+27%) va qurilish (+24,8%) sohalarida oshgan.

Shuningdek, davlat Statistika qoʻmitasi, boshqa sohalarga nisbatan oʻrtacha maosh miqdori eng koʻp boʻlgan soha sifatida – moliya va sugʻurtalash sohasini aytmoqda. Ushbu sohada rasmiy maosh miqdori boshqa sohalarga nisbatan 79,2 % koʻp boʻlgan kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala