Iqtisod

Tehronda Oʻzbekiston-Eron savdo uyi ochildi

© Ministerstvo vneshney torgovli UzbekistanaV Tegerane otkrыli uzbeksko-iranskiy torgovыy dom
V Tegerane otkrыli uzbeksko-iranskiy torgovыy dom - Sputnik Oʻzbekiston
Savdo uyi "Oʻzsanoateksport" AJ va Eronning "Fawakeh Company" bilan hamkorlikda tashkil etildi.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. 2018 yil 10 aprel kuni Oʻzbekiston delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida Oʻzbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Gazovыy fakel na neftedobыvayuщey platforme. Mestorojdeniye Sorush - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Eron va Pokiston TIV rahbarlari ham Toshkent anjumanida ishtirok etadi

Xabarda aytilishicha, tantanali marosimda Oʻzbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Eron Islom Respublikasi sanoat, togʻ-kon sanoati va savdo vazirining oʻrinbosari Modjtaba Xosrovtadj, Tehronda savdo uyi va Oʻzbekiston milliy mahsulotlarining muntazam faoliyat koʻrsatadigan shou zalining ishiga start berishdi.

Marosimda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov va ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etishdi.

Savdo uyi "Oʻzsanoateksport" AJ va Eronning "Fawakeh Company" bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev taʼkidlaganidek, savdo uyining asosiy vazifasi Oʻzbekistonda ishlar chiqarilgan keng koʻlamli mahsulotlar haqida Eronliklar uchun faol maʼlumot berib borishdir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala