Toshkentda kvartira egalariga kadastr pasportlari beriladi

Obuna bo‘lish
Kvartiraning kadastr pasporti - kvartiralarni sotish, sotib olish, egasini o‘zgartirish jarayonlarini osonlashtirish va tezlashtirish uchun joriy qilingan.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Toshkent shahrida kvartira egalariga kadastr kitoblari o‘rniga kadastr pasportlari beriladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va kadastr qo‘mitasi.

© Upravlenie po zemelnim resursam i gosudarstvennogo kadastra TashkentaKvartiraning kadastr pasporti namunasi
Obrazes kadastrovogo pasporta - Sputnik O‘zbekiston
Kvartiraning kadastr pasporti namunasi

Davergeodezkadastr qo‘mitasining 167sonli buyrug‘iga asosan, 16-apreldan boshlab, kvartiralar texnik inventarizatsiyadan va huquq turi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng, mulkdorlarning murojaatiga asosan – Kvartiraning kadastr pasportlari berila boshlaydi.

Kvartiraning kadastr pasporti – kvartira egasining arizasiga binoan, kadastr yig‘majildi hamda “Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” o‘rniga beriladi.

Ushbu yangilik, “kadastr hujjatlarini shakllantirish jarayonini soddalashtirish va muddatini qisqartirish, shuningdek kvartira egalari tomonidan bitimlar tuzishda qulayliklar yaratish maqsadida” amalga oshirilmoqda. Ya’ni – kvartiralarni sotish, sotib olish, egasini o‘zgartirish  jarayonlarini osonlashtirish uchun.

Jilie doma v jilom massive. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlar to‘liq ro‘yxatga olinadi

Kvartiraning kadastr pasporti – bu maxsus xavfsizlik belgilari bilan himoyalangan hujat bo‘lib, unda kvartira chizmasi va texnik ko‘rsatgichlari, kadarstr qiymati, mulkdorlar haqidagi ma’lumotlar, ko‘chmas mulkning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlar qayd etilgan bo‘ladi.

Shuningdek, kadastr pasporti QR-kodga ega bo‘lib, uning yordamida onlayn-tartibda kvartiraning ayni damdagi huquqiy maqomi, texnik ko‘rsatgichlari va ushbu mulkka nisbatan huquqiy cheklovlar bor-yo‘qligini bilib olish mumkin bo‘ladi.

Davergeodezkadastr, kvartira egalarini yoppasiga kadastr pasporti olishga shoshilmaslikni so‘ramoqda. Xabarda aytililishiga ko‘ra,  yangi ko‘rinishdagi Kadastr pasportlari faqat ko‘chmas mulkning egasi o‘zgargan hollarda yoki eski hujjatlar yo‘qolganda beriladi. Oldin berilgan Kadastr kitoblari amal qilishda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0