Dunyoda

KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishGorod Solsberi v Velikobritanii, gde bыli otravlenы S. Skripal i yego doch
Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bыli otravlenы S. Skripal i yego doch - Sputnik Oʻzbekiston
KQTT bayonotidan keyin Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashini chaqirmoqda, uchrashuv kelgusi haftada oʻtkaziladi, ammo Rossiyada bayonotga nisbatan qator savollar tugʻilgan

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Kimyoviy qurolni taʼqiqlash tashkiloti (OZXO) payshanba kuni RBB sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan modda haqida doklad eʼlon qildi — ekspertlar zaharli substantsiya nomini sir saqlashdi, lekin analizlar tahlili Londonning ushbu modda tabiati haqidagi xulosalarini tasdiqlashini maʼlum qilishdi.

Natsionalnыy flag Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi

KQTT bayonotidan keyin Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashini chaqirmoqda, uchrashuv kelgusi haftada oʻtkaziladi, ammo Rossiyada bayonotga nisbatan qator savollar tugʻilgan.

Rossiya va Buyuk Britaniya munosabatlari britaniyaning Solsberi shaharchasida yuz bergan "Skripal ishi" deb nom olgan hodisadan keyin keskin oʻtkir tus oldi. Britaniya tomonning taʼkidiga koʻra, Skripallarning asab tolalarini falaj qiluvchi, Britaniya hukumati tomonidan "Novichok"ka tenglashtirilgan A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiya davlatining qoʻli bor. Rossiya buni qatʼiy inkor etmoqda.

Zaharlanish bilan bogʻliq shov-shuvlar tufayli Buyuk Britaniya, AQSH va Kanada, shuningdek, Yevropaning qator mamlakatlari, xususan, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Boltiqboʻyi davlatlari, Ukraina, Moldaviya 100dan ziyod rossiya diplomatlarini chiqarib yubordi.

Nomsiz modda

KQTT ekspertlari Skripallarga nisbatan qilingan hujumda zaharli kimyoviy moddadan foydalanilganini aniqladilar. Doklad mualliflari modda oʻta yuqori darajada toza boʻlganini taʼkidlashgan. Substantsiyada qorishmalar mutlaqo mavjud boʻlmaganligi asosida shunday xulosaga kelingan.

Pervыy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnыm delam Vladimir Djabarov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qoʻyishi mumkin

Shu bilan birga hujjatda "aniqlangan zaharli kimyoviy moddaning nomi va tarkibi faqatgina tashkilot aʼzolari uchun ochiq boʻlgan kotibiyatning maxfiy bayonotida mavjudligi" aytib oʻtilgan.

RIA Novosti Britaniya TIVga murojaat qilib, "Skripal ishi" boʻyicha KQTT tomonidan eʼlon qilingan bayonotda "Novichok" nomi uchraydimi deya savol bergan. Ammo Britaniya Tashqi ishlar vazirligi agentlikning ushbu savoliga javob berishdan bosh tortgan.

"Dokladning toʻliq matni KQTT tomonidan maxfiylashtirilgan, shu bois biz bu borada hech qanday izoh bera olmaymiz", — deb taʼkidlagan Britaniya TIV vakili.

London BMT XKni chaqirmoqda

Buyuk Britaniya 18 aprel kuni Solsberida yuz bergan hodisa boʻyicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun 18 aprel kuni OZXO ijroiya kengashi majlisini chaqirishga daʼvat qildi.

"Biz bu kabi qurolning qoʻllanilishiga nuqta qoʻyish uchun hamkorlarimiz bilan tinimsiz ishlaymiz. Keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun KQTT ijroiya kengashi sessiyasini chaqirmoqdamiz. Kreml javob berishi kerak", — deyiladi RIA Novostiga kelib tushgan Buyuk Britaniya TIV rahbari bayonotida.

Bundan tashqari London kelgusi haftada BMT XK majlisi oʻtkazilishini ham soʻragan.

Rossiya reaktsiyasi

RF TIV vakili Mariya Zaxarova KQTT hisobotidagi qator nizomlar "rossiyalik ekspertlarda savollarni keltirib chiqarmoqda, va tabiiyki qoʻshimcha ishlovni talab etadi, shu jumladan britaniya tomonidan ham".

Sotrudniki britanskix spetsslujb na meste otravleniya Sergeya Skripalya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Skripallar oilasi yangi ismlar ostida AQShga koʻchib oʻtishi mumkin

Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, Rossiyaga KQTT ekspertizasi materiallariga yoʻl ochilmas ekan, Moskva Skripal ishi boʻyicha chiqarilgan allaqanday xulosalarga ishonmaydi.

"Bu yerda gap ishonchda ham emas, bu yerda gap aniq materiallar bilan ishlash haqida bormoqda. Olingan qisman maʼlumotlar asosida xulosalarga va kimningdir nomidan nimadir aytib chiqayotganlarga ishonish endi mumkinmas. Biz shunchaki u yoki bu tarzda rasmiy London tomonidan qoʻllab-quvvatlab turilgan dezinformatsiya oqimida gʻarq boʻlayapmiz. Shu bilan birga bu Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshi oʻta qoʻpol fitnaning davomi emasligiga ishonmaslikka ham asos yoʻq", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala