Jamiyat

Rossiya Oʻzbekistonda noyob tibbiy loyihani ishga tushiradi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent viloyatining 16-sonli oilaviy poliklinikada maxsus jihoz oʻrnatiladi. Uning yordamida odamlar mustaqil tarzda oʻz sogʻliklarini kuzatib borishlari mumkin.

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Rus gumanitar missiya 13 aprel kuni Oʻzbekistonda noyob tibbiy loyihani amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Vrach skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
GM Uzbekistan tashabbusi bilan bepul tibbiy koʻriklar tashkillashtirildi

"Sogʻligʻlikni aniqlash boʻyicha raqamli testi" loyihasi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikasida amalga oshiriladi. Ushbu tashabbus doirasida poliklinikada maxsus jihoz oʻrnatiladi. Uning yordamida odamlar mustaqil tarzda oʻz sogʻliklarini kuzatib borishlari mumkin.

Ochilish marosimida bu noyob jihozni ishlab chiqargan tibbiyot fanlar nomzodi Vladimir Savostyanov ishtirok etib, tibbiyot xodimlarga master klass oʻtkazadi.

Agarda ushbu jihoz yariy yil davomida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtsa, respublikaning boshqa tibbiy muassasalarida ham oʻrnatiladi.

Taʼkidlab oʻtamiz, bu poliklinikada Rus gumanitar missiyasining birinchi loyihasi emas. Undan avval bu yerda quyoshli batariyalar oʻrnatilgandi. Shundan soʻng bu yerda qoʻshimcha energiya manbaasi paydo boʻldi. Qimmatbaho tibbiy jizohlar doimiy elektr energiya bilan taʼminlandi.

Missiyaning boshqa loyihalari — Rossiya muzeylarida mavjud boʻlgan Oʻzbekiston madaniy boyliklarini koʻrgazmasini oʻtkazishni tashkil qilish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda Rossiya Madaniyat vazirligi bilan kelishuv jarayoni ketmoqda.

Yangiliklar lentasi
0