Hikmatov: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviareyslar soni ko‘payadi

© © Press-slujba ministerstva transporta RossiiRukovoditel press-slujbi Ministerstva transporta Rossii Timur Xikmatov
Rukovoditel press-slujbi Ministerstva transporta Rossii Timur Xikmatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
11 aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston aviatsiya rahbariyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 13 apr – Sputnik. "Har ikki mamlakat aviakompaniyalari aviatashuvlar bo‘yicha talab oshganligini qayd etishdi, aynan ular yo‘nalishlar va aviareyslar soni oshirilishini taklif qilishdi", — dedi Rossiya Transport vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Timur Hikmatov Sputnik bilan suhbatda.

Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Muzokaralar jarayonida hech qanday muammo paydo bo‘lmadi, deb ta’kidladi u.

"Mamlakatlar o‘rtasida muntazam yangi yo‘nalishlar joriy etiladi. Masalan, Samara — Toshkent, Rostov — Toshkent, Sochi — Toshkent, Anapa — Toshkent yo‘nalishlari", — dedi Hikmatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi reyslar aviayo‘nalishlarga bo‘lgan talabni qondira oladi. Aviatashuvlar narxlari talab va aviareyslar sonidan kelib chiqib shakllantiriladi – talab qancha katta bo‘lsa, narx shuncha qimmat bo‘ladi. Ammo aviakompaniyalar va yo‘nalishlar sonining ko‘payishi narxlar oshishini to‘xtatib turadi, kelgusida esa alohida yo‘nalishlarga alohida mavsumlarda narxlar pasayishiga erishiladi.

Eslatib o‘tamiz, 11-aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston aviatsiya rahbariyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0