Rossiya

Telegramsiz Rossiya: ommabop messenjer blokirovka qilinsa nima boʻladi

© PixabayDevushka derjit v rukax mobilnыy telefon
Devushka derjit v rukax mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada sud qaroriga muvofiq Telegram messenjeri bloklanadi. Ekspertlar telegramning bloklanishi rossiyalik foydalanuvchilarga qanday taʼsir koʻrsatishi xususida fikrlashdilar

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik, Andrey Grigoryev, Andrey Stanavov. Moskva shahridagi Taganskaya tuman sudi Roskomnadzorning Rossiyada Telegram ni bloklash haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirdi. Dalillarni keltirish uchun bir soatga yaqin, qaror qabul qilish uchun esa atigi 30 daqiqa vaqt ketdi. Eng ommabop messenjerlardan biri nega blok qilindi va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida — RIA Novosti jurnalistlari tahliliy maqolasida fikr yuritiladi.

Tvitter-diplomatiya

"Birinchi navbatda Durovga ishongan va uning serveri bilan ishlashni boshlagan professionallar jabr koʻradi, — deb izoh berdi RIA Novostiga ijtimoiy tarmoq va messenjerlar professional foydalanuvchilari Assotsiatsiyasi rahbari Vladimir Zыkov. — Ular oʻz kanallarini rivojlantirish uchun kuch, energiya va katta mablagʻlarni sarflashgan, endilikda esa uzoq yillar davomida shakllantirilgan kontentdan mahrum boʻlishadi. Zarar miqdori yuz millionlab rubllarda oʻlchanishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyada Telegram asosida yaratilgan messenjerlar ham koʻp, ularning ham barchasini bloklab tashlashga toʻgʻri keladi".

Messendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada Telegram bloklanadigan boʻldi

Uning soʻzlariga koʻra, maʼlumotni himoya qilish borasida Telegram boshqa messenjerlardan koʻpam farq qilmaydi. "Misol uchun, Viber ni olaylik: u yerda ham shifrlash kodi — "maxfiy chat" bor, — davom etadi ekspert. — Yaʼni xabarlar serverni aylanib oʻtgan holda foydalanuvchining qurilmasidagina shifrlanadi va rasshifrovka qilinadi. Agar siz "maxfiy chat"da oʻzaro xat yozishgan boʻlsangiz, soʻngra boshqa qurilmadan akkauntga kirsangiz — yozishmani oʻqiy olmaysiz".

Zыkovning taʼkidiga koʻra, maxsus xizmatlarning  Telegram ga boʻlgan oʻta kuchli qiziqishiga Pavel Durovning oʻzi sababchi. Yaʼni u shifrlash kalitlarini bermasligi tufayli ushbu holat yuzaga keldi. "Servis darhol tushunarsiz shaxslar eʼtiborini tortdi. Uni hattoki narkotiklar, bolalar pornosi va boshqa qonunga xilof kontentlar sotiladigan onlayn-maydonga tenglashtirishdi, — deydi ekspert. — Durov foydalanuvchilar himoyasini oʻziga niqob qilib olgan, ammo meni nazarimda u Rossiya bilan janjal orqali oʻzini piar qilmoqda. Hozir shunday qilish urf tusiga kirgan. Ehtimol, unga gʻarb auditoriyasini jalb qilish uchun shov-shuvli bahona kerakdir. Rossiya u uchun ustuvor bozor boʻlmagan".

Umuman olganda, ekspert fikriga koʻra, agar xohish boʻlsa, hozirgi holatdan ham yoʻl topib chiqib ketsa boʻladi. Buning uchun Durov "tvitter-diplomatiya" bilan shugʻullanmasdan, balki FSB va Roskomnadzor bilan muzokaralar stoli atrofiga oʻtirishi kerak.

Huquqiy tozalik

Huquqshunoslar berayotgan baholarga koʻra, servisning Rossiyada yopilishi toʻlaligicha qonunga mos.

"Yuridik nuqtai-nazardan bu yerda ikkilanadigan masalaning oʻzi yoʻq, — dedi RIA Novostiga milliy RU.domeni muvofiqlashtirish markazi rahbari oʻrinbosari Sergey Kopыlov. — Roskomnadzorda bu servisni kirish cheklanishi kerak boʻlgan saytlar reyestriga kiritish uchun ariza topshirishga barcha asos bor edi. Sud kalitlarni talab qilish, maʼmuriy jarima undirish, maʼmuriy huquqbuzarlikdan soʻng talablarni bajarmaslik singari dastavval qoʻyilgan qadamlarning qonuniyligini tekshirdi".

Sudning messenjer faoliyatini zudlik bilan toʻxtatish haqidagi talabiga izoh berar ekan, Kopыlov odatda bunday paytlarda barcha texnik va yuridik masalalarni hal etish uchun toʻrt kundan kam vaqt kelmasligini taʼkidlab oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, Hukumat qaroriga muvofiq, sud qaror chiqarib boʻlgach, Roskomnadzor xosting-provayder yoki operatorni ogohlantirishi va undan uch kun ichida javob olishi lozim. Ammo ayrim hollarda sud muddatni qisqartirishga haqli boʻladi.

Terrorchilar uchun kanallar

Telegram atrofidagi vaziyat uch yil muqaddam, yaʼni Rossiya Davlat Dumasi deputati Aleksandr Ageyev FSB rahbari Aleksandr Bortnikovga messenjerni taʼqiqlash iltimosi bilan murojaat qilganida oʻtkir tus olgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Telegram messenjeridan "ID" terrorchilari foydalangan boʻlishlari mumkin edi. Oʻshanda Durov 2015 yil noyabridan boshlab messenjer "Islom davlati"ning 660dan ziyod jamoatchilik kanallarini bloklaganligi haqida xabar bergan edi.

Pavel Durov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Telegram asoschisi Pavel Durov FBR bosimi haqida soʻzlab berdi

Oradan bir yil oʻtib, jamoatchilik vakillari Bosh prokuratura va Roskomnadzordan yana Telegram ni tekshirishni soʻrashadi. Ular portlovchi moddalarni tayyorlash boʻyicha qoʻllanmalar va diversiyani amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar keltirilgan telegram-kanallarni topganini taʼkidlashgan edi.

Roskomnadzor faqat 2018 yil aprel oyining boshiga kelib, yaʼni messenjer shifrlash kalitlarini FSBga taqdim etishdan bosh tortganida sudga murojaat etadi. Kompaniya yuristlari soʻzlariga koʻra, ushbu jarayonni bajarishning texnik tomondan imkoni yoʻq. Telegram asoschisi Pavel Durovning oʻzi esa boshqa pozitsiyani bildirib kelmoqda, unga koʻra, messenjer eng avvalo soʻz erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi pozitsiyasini himoya qiladi.

Ekspertlarning barchasi Rossiya aholisining aksariyati Telegram ni yangiliklar portali emas, balki mobil kommunikatsiya vositasi sifatida foydalanishadi, degan fikrni bildirdilar. Shu bois, uni bloklash faqatgina moliyaviy oqibatlarni keltirib chiqaradi — yaʼni foydalanuvchilar sonining keskin qisqarishiga olib keladi. Eng birinchi boʻlib, blokni aylanib oʻtishga erinadigan foydalanuvchilar messenjerni tark etadi. Buning ustiga messenjerlar serob, boshqa istalganiga oʻtib ketish mumkin. Boz ustiga foydalanuvchilar soni va trafik boʻyicha Telegram WhatsApp, Viber va Skype singari servislardan ortda yuradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala