Uch oy ichida ayollar maslahat markazlariga uch mingga yaqin ayol murojaat qildi

© AP PhotoUzbekskie jenshini beseduyut na ulitse
Uzbekskie jenshini beseduyut na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ularga markaz xodimlari tomonidan tibbiy-psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatilgan

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hududlardagi "Ayollar maslahat markazlari"ning ishonch telefonlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ijtimoiy ko‘makka, tibbiy-psixologik va huquqiy yordamga muhtoj ayollar uchun ishonch telefonlari kunu tun xizmatda bo‘lishi bildirilmoqda.

Xotin-qizlar qo‘mitasi saytida aytilishicha, joriy yilning birinchi choragida "Ayollar maslahat markazlari"ga O‘zbekiston bo‘yicha 3000ga yaqin ayol murojaat qilgan. Ularga markaz xodimlari tomonidan tibbiy-psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva O‘zbekistonda ayollar bilan mutlaqo yangicha uslublarda ish olib borish va yangi tuzilmalarni tashkil qilish kerakligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0