O‘zbekiston va Tojikiston strategik hamkorlik haqida bitimni tayyorlamoqda

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston qo‘shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lmoqchi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston strategik hamkorlik haqida bitim tayyorlamoqda. Bu haqda juma kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuxurov Sankt-Peterburgda jurnalistlarga ma’lum qildi.

Predstaviteli Tadjikskix turkompaniy vstretili turistov v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Sharq - nozik masala: Tojikistonda turistlar o‘zlarini qanday tutishlari lozim

"Hozir Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tayyorlanmoqda", — deb ta’kidladi u.

Zuxurov ushbu hujjat yakun vaqtlarda Emomali Rahmonning Toshkentga amalga oshiriladigan tashrif davomida imzolanishi mumkinligi haqida taxmin qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Zuxurovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida munosabatlar yaxshilandi.

"Biz qo‘shni bo‘lgan davlatlarmiz, qo‘shnilar tanlanmaydi. Biz O‘zbekiston bilan har doim yaxshi munosabatlarga ega bo‘lishni istaganmiz. Afsus oxirgi o‘n yillikda bu amalga oshirilmadi", — dedi Tojikiston parlament vakili.

Zuxurov ikki davlat o‘rtasida aloqalar so‘ngi bir yarim yil ichida, xususan ikki davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari natijasida yaxshilanayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosatining dastlabki vazifalaridan biri mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilashga qaratdi. Jumladan, Tojikiston bilan chegara, suv-energetika masalalari bo‘yicha muzokara jarayonlari tiklandi.  1992-yilda davlatlar o‘rtasida to‘xtatilgan avia qatnovlar tiklandi. Shuningdek, yetti yillik tanaffusdan so‘ng ikki davlatning janubiy viloyatlarini temir yo‘l qatnovi qayta birlashtirdi.

Yangiliklar lentasi
0