O‘zbekistonda 1000ga yaqin "migrantlar uchun imtiyozli chiptalar" sotildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTrudovie migranti, arxivnoe foto
Trudovie migranti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiptalar xarid qilish tizimida 3,5 minga yaqin kishi ro‘yxatga olindi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-apreldan boshlab mehnat migrantlariga temir yo‘l va avia chiptalarini xarid qilishda 20 foizli chegirmalar joriy qilingandi. 

Sputnik tahririyatiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili shu vaqt davomida 1000ga yaqin imtiyozli chiptalar sotilganligi va bu chiptalarni xarid qilish tizimida 3,5 ming kishi ro‘yxatdan o‘tganligini ma’lum qildi.

"Albatta talab juda katta, odamlar bugungi kunning o‘zida ketish sanasi va manzilidan kelib chiqqan holda buyurmalar berishmoqda. Hozir may oyi bron qilinmoqda. Xarid qilingan chiptalarning 98 foizi Rossiya, qolgani Qozog‘iston yo‘nalishida tashkil qildi. Rossiyaga keladigan bo‘lsak, fuqarolar asosan Moskva va Sankt-Peterburgga ketishmoqda", — dedi suhbatdosh.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" plaskart va umumiy vagon chiptalariga, "O‘zbekiston havo yo‘llari" esa ekonom klass chiptalariga chegirmalar taqdim etadi.

Imtiyozlardan faqatgina Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar foydalanishlari mumkin. Imtiyozli tariflar bo‘yicha chiptalar xarid qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida barcha migrantlar agentlikning maxsus elektron bazasida ro‘yxatdan o‘tishadi.

"Imtiyozli chiptani olish maqsadida O‘zbekiston fuqarosi yashash joyidagi Bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qilishi zarur. Markaz xodimi elektron bazaga ma’lumotlarni kiritgan holda fuqaroni hisobga oladi. Shundan so‘ng 3 kundan keyin u viloyat markazida joylashgan maxsus kassaga borib, chiptani xarid qilishi mumkin", — deb ta’kidladi agentlik vakili.

Uzbekistan i Rossiya podpisali dorojnuyu kartu ob uvelichenii reysov mejdu stranami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviareyslar soni ikki baravardan ko‘proqqa oshiriladi

Shu bilan birga, har bir horijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqaroga temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘m miqdorda bir martalik beg‘araz to‘lov ko‘zda tutilgan. Bu mablag‘larni olish uchun fuqaro yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan marta murojaat qilishi mumkin.

Shu yilda O‘zbekiston Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda 50 mingdan ortiq fuqarolarni yuborishni rejalashtirgan. Biroq ikkinchi yarim yillikda rekruting faoliyati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Bu jarayonga xususiy kompaniyalarni jalb qilish natijasida migrantlarni markazlashgan holda yig‘ish vazifalarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0