AQSh Suriyaga raketa zarbalari berdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDen raketnix voysk i artillerii na poligone Luga v Leningradskoy oblasti
Den raketnix voysk i artillerii na poligone Luga v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh rahbarining aytishicha, u Suriyaning Duma shahrida o‘tgan haftada yuz bergan kimoviy hujumdan so‘ng Suriyaga "nuqtaviy zarbalar" berish qarorini qabul qilgan

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp millatga murojaat qilib Suriyaga zarba berilishi haqida ma’lum qildi.

AQSh rahbarining aytishicha, u Suriyaning Duma shahrida o‘tgan haftada yuz bergan kimoviy hujumdan so‘ng Suriyaga "nuqtaviy zarbalar" berish qarorini qabul qilgan.

Kriki delegatov prervali rech Lavrova na kongresse v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov Dumadagi kimoviy hujum sahnalashtirilgan tomosha ekanligini ma’lum qildi
Harbiy operatsiyada Buyuk Britaniya va Fransiya ham qatnashmoqda.

"O‘tgan haftada Asad rejimi begunoh fuqarolarni o‘ldirish uchun yana kimoviy qurol qo‘lladi, bu safar Suriya poytaxti yaqinidagi Duma shahrida. Bu insonning emas, maxluqning ishi. Yetakchi mamlakatlar bugun kimoviy qurol qo‘llanilishiga chek qo‘yish uchun birlashishdi", — dedi Tramp.

Rossiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, zarbalar shanba kuni Moskva vaqti bilan sahar 3:42dan 5:10ga qadar berilgan.

Avvalroq vazirlik rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Suriyaning Duma shahrida "kimoviy hujum oqibatida jabrlanganlar"ga yordam ko‘rsatilayotgani haqidagi lavha sahnalashtirilganligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sahna ko‘rinishining bevosita ishtirokchilari aniqlangan va ular bu lavha qanday suratga olingani haqida gapirib berishgan.

Yangiliklar lentasi
0