O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, shu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram kanali xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bu "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Adliya vazirligining bepul maslahatxonasi ochildi

2018 yil 1-maydan boshlab joriy etilgan tartibga ko‘ra, barcha qonun hujjatlari loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.

Qonun hujjatlarining loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, Prezident devoniga faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritiladi.

Shuningdek, huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjudligi hokimliklar tomonidan qonun hujjatlarini qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.

Bundan tashqari, qonun hujjatlari loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan so‘ng, shuningdek takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va Prezident devoni tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganida o‘tkaziladi.

Qonunda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar agar qonun hujjatlari, prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bilan ularga tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkinligi ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0