O‘zbekistonda yaqin uch yil ichida yo‘lovchi transporti yangilanadi

© Foto: press-slujba kompanii MANNizkopolniy avtobus bolshoy vmestimosti MAN
Nizkopolniy avtobus bolshoy vmestimosti MAN - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kelajakda ishlab chiqarilganiga 7-yildan ko‘p bo‘lgan avtobus va mikroavtobuslardan foydalanishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 7yildan ko‘p bo‘lgan avtobus va mikroavtobuslardan bosqichma-bosqich voz kechish haqida qonun loyihasi ishlab chiqarilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu 2030-yilgacha mo‘ljallangan  avtomobil transportini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan.

Transport tizimini qanday rivojlantirishni yo‘lovchilarning o‘zlari aytishadi

Bugungi kunda respublikada 6 mingdan ziyod avtomobil transporti xizmati ko‘rsatuvchilari faoliyat yuritmoqda. Ularning avtoparklarida 115 ming litsenziyalangan avtotransport vositalari bor, jumladan 7801  avtobus, 3531 mikroavtobus, 36,6 ming “Damas” va 22,7 mingdan ortiq taksi avtomobillari mavjud. Yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan korxonalarning 20% Toshkent shahrida faoliyat yuritadi.

Respublikada mavjud bo‘lgan 4377 yo‘nalishlardan 865tasi (20%) ishlamaydi. Ulardan 422tasi  avtobus va 443tasmi yo‘nalishli taksilarga to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi – avtobus va mikroavtobuslarning yetishmasligi va transport vositalarining eskirganligidir.

Bugungi kunda aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 7801 avtobusning 21% nisbatan yangi bo‘lib,  ularning ishlab chiqarilganiga 1-3 yil bo‘lgan. Avtoparking 33 % — ishlab  chiqarilganiga 4 —7 yil bo‘lgan avtobuslar va qolgan 46% — eskirgan transport vositalaridir.

Mikroavtobuslar borasida ham vaziyat yaxshi emas. Aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 3531 mikroavtobusdan 7 % — nisbatan yangi (1-3 yil),   47 % — o‘rta hol (4-7 yil) va 42 % — ishlab chiqrilganiga 7-yildan ko‘p bo‘lgan mikroavtobuslardir.

Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahriga 15ta yangi avtobus keltirildi

Ekspertlar fikriga ko‘ra, mamlakatda har 10 ming kishiga 2,3 dona litsenziyalangan avtobus, 1 mikroavtobus va 12ta “Damas” to‘g‘ri keladi. Boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda bu juda past ko‘rsatgich hisoblanadi. Masalan Rossiyada har 10 ming aholi soniga 11,7ta avtobus to‘g‘ri keladi.

Viloyatlarda avtobus va mikroavtobuslar yetishmovchiligi yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida har 10 ming kishiga o‘rtacha 1 dona avtobus va 0,3 dona mikroavtobus to‘g‘ri keladi.

Ushbu vaziyatdan chiqish, jamoat transportini rivojlantirish maqsadida bir qator dasturlar ishlab chiqarilmoqda.

Masalan, 2021-yilga qadar qishloq joylarda bosqichma-bosqich 437ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochish rejalashtirilmoqda. Bu alohida tumanlarni viloyat markazlari bilan bog‘lashga yordam beradi.

2021 yilga qadar bosqichma-bosqich ravishda 2375ta yangi avtobus va 5700ta mikroavtobuslar sotib olish rejalashtirilmoqda. Ularning aksariyati past polli, ko‘p yo‘lovchi sig‘dira oladigan va siqilgan gazda ishlaydigan avtobuslar bo‘ladi.  

Yo‘lovchi transporti infraqurilmasini qayta tiklash maqsadida 32 ta avtovokzallarni ta’mirlash, 52ta yangi avtovokzal va avtostansiya qurish rejalashtirilgan. Shuningdek ushbu obyektlar hududida xavfsizlik choralarini oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0