Shu yil may oyida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanadi

© Sputnik / Ruslan KrivobokMejdugorodnie avtobusi
Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shaharlariga avtobus qatnovlarini tojik kompaniyasi - Asian Express amalga oshiradi. Sal keyinroq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi o‘zbek tashuvchisini ma’lum qiladi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston may oyi boshida o‘zaro avtobus qatnovini tiklaydi. Avtobus qatnovini tiklash bo‘yicha bitim Toshkentda imzolangandi. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston transport vazirligiga asoslangan holda ma’lum qildi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston strategik hamkorlik haqida bitimni tayyorlamoqda

1992 yilda Tojikistonda fuqarolar urushi boshlangan paytda O‘zbekiston va Tojikiston shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi to‘xtatilgandi.

2017 yil aprel oyida Toshkent-Dushanbe-Toshkent aviaqatnov qayta tiklandi.

"May oyi boshida ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi tashish avtobuslari qatnovi boshlanadi. Toshkent-Samarqand, Farg‘ona, Denov, Qo‘qon, Buxoro, Termez shaharlariga 12 ta muntazam qatnovlar ochiladi", — dedi suhbatdosh agentlikka.

O‘zbekiston shaharlariga avtobus qatnovlarini tojik kompaniyasi — Asian Express amalga oshiradi. Sal keyinroq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi o‘zbek tashuvchisini ma’lum qiladi.

"Avtobus qatnovlari Dushanbe — Denov va Termez, Panjikent — Samarqand va Buxoro, Xo‘jand — Toshkent va Farg‘ona, Shaartuz — Termez, Isfara va Konibodom — Qo‘qon, Andijon, Namangan va Farg‘ona shaharlarini bog‘laydi", — deb ta’kidlashdi transport vazirligida.

Chipta narxlari va qatnovlar muntazamligi 20-apreldan so‘ng Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikki davlat transport idoralarining uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilinadi.

Tojikiston chegara qo‘shinlari boshqarmasining matbuot kotibi Muxammad Uluxojayev nazoratdan o‘tish joyi hududida yo‘lovchilar avtobusdan chiqishlari va tezlashtirilgan chegara va bojxona nazoratidan o‘tgandan so‘ng o‘z yo‘nalishlarini davom ettirishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tdi.

Shu yil 16-martdan Tojikiston va O‘zbekiston viza tartibini bekor qilishdi. Endi ikki davlat fuqarolari vizasiz 30 kun bo‘lishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0