Andijon va Olmaota viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

© Foto, Elmurod ErmatovAndijan. Oblastnoy xokimiyat.
Andijan. Oblastnoy xokimiyat. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya a’zolari viloyatdagi qator sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Andijon viloyatiga Qozog‘iston Respublikasi Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Posol Uzbekistana Saidikram Niyazxodjayev vruchil veritelnuyu gramotu glave Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: o‘zbek-qozoq munosabatlarining yangi bosqichini kuzatmoqdamiz

Delegatsiya a’zolari viloyatdagi qator sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi.

Muzokaralar chog‘ida mehmonlarga viloyatning eksport imkoniyatlari xususida ma’lumot berildi. Jumladan, keng turdagi sanoat tovarlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kabel mahsulotlari, qurilish materiallari, trikotaj va charm-attorlik buyumlari yetkazib berish yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif yakunida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro manfaatli kelishuvlar imzolandi.

2017 yilda Andijon viloyatidan Qozog‘istonga 121 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ushbu mamlakatdan viloyatga 40 million dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0