Barnoyev: "Oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Hozir bunday emas"

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSborshiki xlopka na pole
Sborshiki xlopka na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Hozirgi siyosatdan bunday emas. Shu bois viloyatda jamoat ishlariga ishsiz fuqarolar jalb qilinmoqda, shartnoma qilinib pullari to‘lanmoqda", degan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishiO‘ktam Barnoyev paxta terimiga majburan jalb qilish eski siyosat talabi bo‘lganini aytdi, deb xabar qilmoqda "Qalampir.uz" internet nashri.

Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb etilishiga chek qo‘yish yuzasidan bergan topshiriqlari haqida so‘z borgan.

Bosh vazir Abdulla Aripov tadbirda o‘qituvchi va shifokorlarning majburiy mehnatga jalb etilishi odatiy holga aylanib qolgani haqida kuyinib gapirgan va bu borada vazirlar (xalq ta’limi vaziri) Inoyatov va (sog‘liqni saqlash vaziri) Shodmonov hech qanday chora-tadbirlar ko‘rmaganini aytgan.

So‘ng, viloyatlar rahbarlari birin-ketin viodekonferens muloqotga chiqib, viloyatda jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘ning sarflanishi, ijtimoiy soha xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilishiga chek qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida hisobot bergan.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqib, avvalgi siyosatda majburiy mehnatga olib chiqish oddiy hol bo‘lganini aytgan.

"Oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Hozirgi siyosatdan bunday emas. Shu bois viloyatda jamoat ishlariga ishsiz fuqarolar jalb qilinmoqda, shartnoma qilinib pullari to‘lanmoqda", degan u.

Bosh vazir Abdulla Aripov uning aytganlarini qo‘llab-quvvatlagan: "Haqiqatan ham avvalgi siyosatda o‘zimiz paxtaga chiqishiga o‘zimiz majbur qilardik. O‘zimiz bosh bo‘lganmiz bunga. Zamon o‘zgardi, siyosat o‘zgardi. Bugun majburiy mehnat illatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", deb qayd etgan Aripov.

Yangiliklar lentasi
0